Mo‘ynoq tumanida 29-sessiya bo‘lib o‘tdi
2026-02-12 14:55:00 / Yangiliklar

2026-yil 12-fevral kuni Mo‘ynoq tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan:
🔹 Mo‘ynoq tumani mahalliy byudjetining 2025 yildagi ijrosi muhokama qilinib, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
🔹 Tumandagi “Og‘ir mahalla” sifatida tanlab olingan hududda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas’ullarning axboroti eshitildi va aniq vazifalar belgilab olindi.
🔹 Xalq deputatlari Mo‘ynoq tuman Kengashi O‘zLiDeP deputatlik guruhi taklifiga muvofiq, Mo‘ynoq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori A.Saxievning 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.
🔹 “Bo‘zatov” va “Qizil jar” ovul fuqarolar yig‘inlarini Yangi O‘zbekiston qiyofasiga o‘zgartirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Sessiya davomida deputatlar tomonidan berilgan savollarga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil javoblar berildi.


