Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi
2025-07-30 18:05:00 / Yangiliklar

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligida Mirzo Ulug‘bek va Mirobod tumanlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari xodimlari va hokim yordamchilari bilan korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish borasida davra suhbati va seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Akramxodjayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, Davlat fuqarolik xizmati va Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunlarini qisqa mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.
➡️ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 21 apreldagi Farmoniga asosan, Toshkent shahrida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish, shu jumladan maishiy korrupsiyaga barham berish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitni shakllantirish bo‘yicha tasdiqlangan Yo‘l xaritasiga asosan belgilangan vazifalarni ijrosi bo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.
➡️ Seminar trening ishtirokchilar tomonidan savol – javoblar hamda bildirilgan fikr – mulohazalar atroflicha muhokama qilinib, tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar almashinildi.


