Bo‘sh ish o‘rinlari va mikroloyihalar yarmarkasi
2025-07-30 17:55:00 / Yangiliklar
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Markaziy istirohat bog‘ida Toshkent shahar va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklari, Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda boshqarmaning tuman bo‘limi, tumandagi tijorat banklari hamkorligida "Bo‘sh ish o‘rinlari hamda Mikroloyihalar yarmarkasi" tashkil etildi.

➡️ Yarmarkada: ishsiz fuqarolar, bitiruvchi yoshlar, ayollar uchun turli sohalarga oid ish o‘rinlari taklif etildi.
➡️ Mazkur yarmarkada 150 dan ortiq korxona va tashkilotlar o‘zlarini 3 500ga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
➡️ O‘zlarini muayyan ish o‘rniga ega bo‘lishni istovchi fuqarolarga 100dan ortiq yo‘llanmalar berildi.