Mirzo Ulug‘bek innovatsion tumanidagi muvaffaqiyatli loyihalardan biri — “Senter for Youth Initiatives”
2025-06-25 09:45:00 / Yangiliklar

Mirzo Ulug‘bek innovatsion tumanidagi muvaffaqiyatli loyihalardan biri — “Senter for Youth Initiatives”
📍 Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Olmachi ko‘chasi, 17-uyda joylashgan.
Texnologik rivojlanish orqali — barqaror kelajak sari!
🔹Mamlakatimiz 2030-yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish maqsadlariga sodiq qolgan holda, ilm-fan, innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar orqali xalqaro raqobatbardoshlikka erishishni maqsad qilgan. Bu yo‘lda aynan shunday markazlar yoshlar salohiyatini ochib berishda muhim o‘rin tutadi.
🔹Yoshlar Tashabbuslari Markazi — bu nafaqat zamonaviy bilim va texnologiyalarni o‘rganish joyi, balki kelajak bunyodkorlari uchun ilhom manbai. Bu yerda yoshlarga ixtirochilik, texnologik tafakkur va kreativ yechimlarni ishlab chiqish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
🔹 Markazning asosiy vazifasi — ilg‘or ta’lim texnologiyalari orqali yoshlarda innovatsion dunyoqarashni shakllantirish, ularni real hayotdagi muammolarga amaliy yechimlar topishga yo‘naltirishdir.
🔹 Uchuvchisiz havo texnologiyalari zali — Markazning faxrli jihatlaridan biri. Bu zamonaviy platforma dron texnologiyasini o‘rganish, amaliy qo‘llash va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.
🔹MIT FabLabs, CDIO™, FabLearn, dual‑education kabi xalqaro metodologiyalar asosida ishlaydi
🔹Qo‘shma ta’lim texnologiyalari, sanoat muammolarini yechish, va gender tengligini ta’minlashga yo‘naltirilgan loyihalar amalga oshiriladi .
🔹2023-yilda markazga Volter S100 CNC o‘rnatildi — bu yuqori aniqlikdagi CNC mashinasi bo‘lib, prototip ishlab chiqarish uchun ishlatiladi
🔹Energiya samaradorligi bo‘yicha Green Economy laboratoriyasi faoliyatini boshladi, bu yashil iqtisodiyot va iqlimga yo‘naltirilgan startaplarni rivojlantiradi .

