Har bir murojaat eʼtiborda
2025-07-22 17:10:00 / Yangiliklar
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov “Feruza” mahallasi fuqarolarining murojaatini tingladi.

Sayyor qabul Mirzo Ulug'bek tuman “Feruza" MFY binosida tashkil etildi va unda 25ga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan mahalla taqdiriga daxldor, uy joy, tibbiy va ijtimoiy yordam masalalari bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Tuman hokimi fuqarolarning murojaatlarini shaxsan oʻzi tingladi va huquqiy maslahatlar hamda murojaatlarning ijrosi bo‘yicha mutasaddi rahbarlariga topshiriqlar berdilar. Bir qator murojaatlarni joyiga chiqqan holda oʻrganishini ta’kidlab oʻtdi.


