Şaxsiy qabul: fuqarolar murojaatlariga amaliy yeçim
2026-11-15 16:10:00 / Yangiliklar
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF–51-sonli “Aholi bilan muloqot tizimini samarali taşkil qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni ijrosini ta’minlaş, şuningdek, fuqarolar bilan oçiq va bevosita muloqotni yanada kuçaytiriş maqsadida Mirzo Uluğbek tumani hokimi Boxodir Gaibnazarov “Xalq qabulxonasi”da fuqarolarni şaxsan qabul qildi.

Şaxsiy qabul davomida 10 nafardan ortiq fuqaro tomonidan 15 dan ziyod murojaat bildirildi. Ular asosan uy-joy va kommunal xizmatlar, obodonlaştiriş, bandlik, ijtimoiy yordam hamda boşqa dolzarb masalalarga oid böldi.
📌 Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan batafsil tinglanib, masalalarni qonuniy va öz vaqtida hal etiş yuzasidan mas’ul taşkilotlar rahbarlariga aniq topşiriqlar berildi.
Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bölsa, qöşimça örganişni talab qiladigan masalalar alohida nazoratga olindi.
❗️Aholining murojaatlarini tinglaş, ularning muammolariga amaliy yeçim topiş va fuqarolar bilan oçiq muloqotni ta’minlaş — asosiy vazifalardan biridir.








