RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: TASHABBUSLAR MUHOKAMASI VA MUAMMOLAR YECHIMI
2026-10-16 15:45:00 / Yangiliklar

📍Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan International Digital University (IDU)da rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
👍 Uchrashuvda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Boxodir Gaibnazarov, tuman prokurori O.Mannanov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari U.Xatamov, universitet rahbariyati hamda yoshlar ishtirok etdi.
✅ Muloqot davomida tuman hokimi yoshlar bilan samimiy suhbatlashib, ularning ta’lim olishi, faoliyati, kelgusidagi rejalari va intilishlari bilan yaqindan tanishdi. Har bir yoshning fikr va takliflariga alohida e’tibor qaratilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.
✅️ Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning murojaatlarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etish, mavjud muammolarni bartaraf qilish, yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.









