Shaxsiy qabul: fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim
2026-10-09 11:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF–51-sonli “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolar bilan ochiq va bevosita muloqotni yanada kuchaytirish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Boxodir Gaibnazarov “Xalq qabulxonasi”da fuqarolarni shaxsan qabul qildi.
Shaxsiy qabul davomida 15 nafardan ortiq fuqaro tomonidan 25 dan ziyod murojaat bildirildi. Ular asosan uy-joy va kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, bandlik, ijtimoiy yordam hamda boshqa dolzarb masalalarga oid bo‘ldi.
📌 Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan batafsil tinglanib, masalalarni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar alohida nazoratga olindi.
❗️Aholining murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga amaliy yechim topish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash — asosiy vazifalardan biridir.
@Hokimiyat_MirzoUlugbek







