Shaxsiy qabul: fuqarolar murojaatlariga yechim
2026-08-14 15:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PF–51-sonli “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish maqsadida Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi Boxodir Gaibnazarov “Xalq qabulxonasi”da fuqarolarni shaxsan qabul qildi.
Shaxsiy qabul davomida 27 nafar fuqaro tomonidan 50 dan ortiq uy-joy, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, bandlik, ijtimoiy yordam va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat tuman hokimi tomonidan batafsil tinglanib, ularni qonuniy va o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa alohida nazoratga olindi.
Bunday shaxsiy qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammolarini bevosita o‘rganish va amaliy yechim topishga xizmat qilmoqda.









