📢 Hurmatli Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi!
2026-08-12 14:55:00 / E'lonlar

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mavjud masalalarni tezkor hal etish maqsadida har hafta tasdiqlangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi hamda tuman hokimi o‘rinbosarlarining fuqarolar qabullari o‘tkaziladi.
📅 Qabul kunlari:
🔹 Dushanba–Juma
🕘 09:00–12:00 — Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining fuqarolar qabuli.
🔹 Seshanba–Payshanba
🕘 09:00–12:00 — Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli.
🔹 Payshanba–Juma
🕘 09:00–12:00 — Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining fuqarolar qabuli.
🔹 Juma
🕙 10:00–13:00 — Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining fuqarolar qabuli.
🔹 Chorshanba
🕘 09:00–12:00 — Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli.
🔹 Payshanba
🕑 14:00–16:00 — Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli.
📌 Hurmatli fuqarolar!
Sizni qiziqtirayotgan masalalar, taklif va murojaatlaringiz yuzasidan belgilangan qabul kunlarida Xalq qabulxonasiga murojaat qilishingiz mumkin.
