Hurmatli Mirzo Ulug'bek tuman aholisi!
2026-06-02 05:15:00 / Yangiliklar

Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin:
— Haftaning har dushanba-juma kunlari 09:00–12:00 gacha Mirzo Ulug’bek tumani hokimining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har seshanba-payshanba kunlari 09:00–12:00 gacha Mirzo Ulug’bek tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har payshanba-juma kuni 09:00–12:00 gacha Mirzo Ulug’bek tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har juma kuni 10:00–13:00 gacha Mirzo Ulug’bek tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har chorshanba kuni 09:00–12:00 gacha Mirzo Ulug’bek tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Haftaning har payshanba kuni 14:00–16:00 gacha Mirzo Ulug’bek tumani hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar, ushbu qabul kunlarida o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.
