Davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish — ustuvor vazifa
2026-05-04 08:25:00 / Yangiliklar

Mirzo Ulug'bek tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF–49-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida aniqlik, samaradorlik va natijadorlikka erishishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov raislik qildi.
Mirzo Ulug'bek tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF–49-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimida aniqlik, samaradorlik va natijadorlikka erishishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov raislik qildi.
Majlisda Farmon talablaridan kelib chiqib, mahalliy ijro hokimiyati organlari va tuman hokimligi faoliyatida KPI — eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimini to‘laqonli joriy etish va uning amaliy natijalarini ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Toshkent shahar hokimining 2025-yil 11-iyuldagi tegishli qaroriga muvofiq:
- shaharda belgilangan KPI ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik tizimi joriy etilgan;
- hokim o‘rinbosarlari tomonidan KPI ko‘rsatkichlariga o‘z vaqtida, sifatli va natijador erishish yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi lozim;
- har bir hisobot davri yakunlari bo‘yicha KPI natijalari Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi majlislarida Vazirlar Mahkamasi vakillari ishtirokida tanqidiy muhokama etib borilishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga muvofiq, 2026 yilning I choragida:
- tuman hokimligi rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari uchun KPI tizimi bo‘yicha, Prezident Farmoni talablari doirasida iqtisodiy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi;
- barcha mas’ul xodimlar tomonidan KPI tizimi bo‘yicha 2026 yilning I chorak vazifalari yuzasidan shaxsiy tahliliy referatlar tayyorlanadi va o‘quv jarayonlarida tahlil qilinadi.
Yig‘ilish yakunida quyidagi rahbarlar KPI tizimi doirasidagi ishlarga shaxsan javobgar etib belgilandi:
tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari;
hokimlik apparati rahbari D.Maxmudov;
tashkiliy kadrlar guruhi rahbari I.Umurzakov;
tahliliy-nazorat guruhi rahbari J.Xalbutayev
Ularning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
• KPI ko‘rsatkichlariga to‘laqonli, natijali va o‘z vaqtida erishishni ta’minlash;
• har oy yakunida KPI asosida ish rejalarni kelgusi oyning 5-sanasiga qadar tasdiqlash;
• KPI natijadorligi ustidan muntazam nazoratni yo‘lga qo‘yish va zarur hollarda ta’sirchan choralar ko‘rish;
• mart - aprel oylarida KPI mavzusida belgilangan iqtisodiy o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish.
Yig‘ilishda bildirilgan fikr va takliflar asosida, tegishli vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Qarorlar ijrosini nazorat qilish Mirzo Ulug'bek tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda hokimlik apparati rahbari D.Maxmudov zimmasiga yuklatildi.
