Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov “Iqtidor” mahallasida daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi
2025-12-03 06:10:00 / Yangiliklar
Kuni kecha Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Iqtidor” mahallasida katta hashar tashkil etildi.

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi Boxodir Gaibnazarov “Iqtidor” mahallasida daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi
Kuni kecha Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Iqtidor” mahallasida katta hashar tashkil etildi. Unda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi boshchiligida, Toshkent shahar Karantin boshqarmasi, "Ipoteka bank" shahar amaliyot filiali, "Trastbank" darxon filiali, mahallalardagi hokim yordamchilari va “Iqtidor” mahalla faollari ishtirok etishdilar.
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Mehnat" fermer xo‘jaligi yer maydoniga 400 tub mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.





