Payshanba — Yoshlar kuni: Yoshlar muammolari doimiy e'tiborda
2026-07-23 17:45:00 / Yangiliklar
Har haftaning payshanba kuni o'tkazilayotgan "Yoshlar kuni" doirasida Mirzaobod tumani hokimi Abduraxim Umarov o'ziga biriktirilgan yoshlar xonadonlariga borib ularning yashash sharoiti, bandligi, ta'lim olishi hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

Samimiy muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish hamda mas'ul tashkilotlar ishtirokida amaliy yordam ko'rsatish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro'yobga chiqarish, bandligini ta'minlash va hayotda munosib o'rin egallashiga ko'maklashish Mirzaobod tumanida ustuvor vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Bu kabi ochiq muloqotlar esa har bir yoshning dardini eshitish, muammolariga manzilli yechim topish va ularning ertangi kuniga ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.






