Mirzaobod tumanida “Salomatlik marafoni” davom etmoqda
2026-06-11 12:25:00 / Yangiliklar
Aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish hamda fuqarolarning o‘z va farzandlari sog‘ligiga mas’uliyatini oshirish maqsadida tumanda keng ko‘lamli profilaktik ko‘rik va skrining tekshiruvlari tashkil etilmoqda.
🏥 “Salomatlik marafoni” doirasida: 🔹 2–10 yoshli bolalar o‘rtasida gelmintoz kasalligini erta aniqlash; 🔹 3–21 yoshli bolalar va yoshlar o‘rtasida onkogematologik kasalliklarni aniqlash; 🔹 45–65 yoshdagi ayollar o‘rtasida ko‘krak bezi saratonini erta tashxislash; 🔹 40 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklari hamda qandli diabetni aniqlash va oldini olish bo‘yicha tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar orqali aholi o‘rtasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha xabardorlikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda kasalliklarni dastlabki bosqichlarda aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.









