Xalq qabulxonasida 13 nafar fuqarolar murojaati ko'rib chiqildi
2026-06-11 12:15:00 / Yangiliklar
Aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni o‘rganish, ularning murojaatlarini bevosita tinglash va amaliy yechim topish maqsadida Mirzaobod tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Unda Mirzaobod tumani hokimi Abduraxim Umarov ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Qabul davomida jami 13 nafar fuqaro o‘zini uzoq vaqtdan buyon tashvishga solib kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi. Murojaatlarning asosiy qismini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, doimiy ish bilan ta’minlash, moddiy yordam ajratish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar tashkil etdi.
Shuningdek, kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti va obodonlashtirish bilan bog‘liq murojaatlar ham mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.










