KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — JAMIYAT TARAQQIYOTINING KAFOLATI.
2026-06-09 08:30:00 / Yangiliklar
Bugun biz sizlar bilan jamiyatimiz, davlatimiz va har birimizning kelajagimiz uchun eng dolzarb boʻlgan mavzu — korrupsiyaga qarshi kurashish masalasini muhokama qilish uchun yigʻilib turibmiz.Korrupsiya — shunchaki oddiy jinoyat emas. U — davlatni ich-ichidan yemiradigan, qonun ustuvorligini poymol qiladigan va eng achinarlisi, oddiy odamlarning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini sindiradigan ijtimoiy illatdir. Dunyo tajribasi shuni koʻrsatadiki, korrupsiya ildiz otgan hech bir mamlakat iqtisodiy rivojlanishga ham, ijtimoiy farovonlikka ham erisha olmagan.Keyingi yillarda mamlakatimizda ushbu illatga qarshi kurash mutlaqo yangi bosqichga chiqdi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi, maxsus qonuniy asoslar yaratildi. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, korrupsiyaga qarshi kurashish — bu shunchaki kampaniya emas, bu davlat siyosatining eng ustuvor, hayot-mamot masalasidir.
Jinoyat ishlari bo’yicha Mirzaobod tuman sudining tergov sudyasi Sh.Baysariyev.


