Mirzaobod tumani hokimi Abduraxim Umarov “Yo‘ldoshobod” mahallasi yoshlari bilan uchrashuv o`tkazdi.
2026-05-21 16:45:00 / Yangiliklar
“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida Mirzaobod tumani hokimi Abduraxim Umarov “Yo‘ldoshobod” mahallasida joylashgan 31-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi yoshlar bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdi. Ochiq va erkin muloqot tarzida kechgan uchrashuvda yoshlarning kelajakdagi maqsadlari, kasb tanlovi, oliy ta’limga kirish istaklari hamda ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.
Muloqot davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi va zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, tashabbuskor va intiluvchan yoshlarning taklif hamda fikrlari e’tibor bilan tinglanib, tegishli masalalar yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi. Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli muddatlar belgilandi, ijrosi nazoratga olinib, mas’ullarga biriktirildi.










