Mirzaobod tumanida yirik investitsiya loyihasi boshlandi
2026-04-17 20:05:00 / Yangiliklar
Mirzaobod tumanida baliqchilik va akvakultura yo‘nalishida muhim investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
Xususan, Xitoyning “Haida Group” kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 15 million AQSh dollariga teng bo‘lgan baliq va dengiz mahsulotlari yetishtirish loyihasi boshlab yuborildi.
2026 yil fevral oyida xorijiy investor tomonidan tumanda “CA RONGHAI AQUATIC SCIENCE AND TECHNOLOGY” MCHJ XK tashkil etildi. Korxona rahbari etib Rey Szinlon tayinlangan.
Loyiha doirasida Sardoba suv omborida zamonaviy sadok usulida baliq va dengiz mahsulotlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Rejalarga ko‘ra, har bir gektar maydondan 100–150 tonnagacha mahsulot olish ko‘zda tutilgan.





