Mirzaobod tumani hokimi Abduraxim Umarov Yangi O‘zbekiston mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
2026-03-28 09:40:00 / Yangiliklar
Mazkur sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar joyida tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berilmoqda. Fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy, kommunal, bandlik va boshqa masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Sayyor qabul aholining muammolarini bevosita joyida o‘rganish hamda ularning yechimiga tezkorlik bilan erishish maqsadida tashkil etildi.







