O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-sayti MY.SUD.UZ –sud xizmatlaridan foydalanishning innovatsion, ishonchli va qulay yo‘li!
2026-03-18 15:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb-sayti MY.SUD.UZ orqali fuqarolar sud tizimiga oid ko‘plab xizmatlardan onlayn tarzda foydalanish imkoniyatiga ega. Mazkur elektron platforma sud faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolarga qulaylik yaratish hamda vaqtni tejash maqsadida joriy etilgan.
MY.SUD.UZ orqali sud majlislari jadvalini qanday olish mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy MY.SUD.UZ portali orqali fuqarolar sud majlislari jadvali bilan oson va tez tanishishlari mumkin. Bu xizmat fuqarolarga sud ishlari qachon va qaerda ko‘rib chiqilishini oldindan bilish imkoniyatini beradi.
Sud majlislari jadvalini olish tartibi quyidagicha:
1. Internet brauzer orqali MY.SUD.UZ rasmiy veb-saytiga kiring.
2. Saytning asosiy saxifasida joylashgan “Sud majlislari jadvali” bo‘limiga o‘ting.
3. Kerakli viloyat, tuman (shahar) va sud turini tanlang (masalan: jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy yoki ma’muriy sud).
4. Sana bo‘yicha qidiruvni belgilab, izlash tugmasini bosing.
5. Shundan so‘ng ekranda belgilangan sanaga tayinlangan sud majlislari ro‘yxati, ish raqami, sudya, majlis vaqti va boshqa ma’lumotlar chiqadi.
Mazkur elektron xizmat orqali fuqarolar sud majlislari haqida tezkor ma’lumot olishlari, sud jarayonlarida ishtirok etish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.

