Mirzaobod tumani Mirzacho‘l mahallasida ichki yo‘llar yangilanmoqda
2025-07-09 19:35:00 / Yangiliklar
Mirzaobod tumanida aholining qulay harakatlanishini ta’minlash, mahallalardagi infratuzilmani yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, ichki yo‘llarni ta’mirlash va asfaltlash bo‘yicha joriy yilda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Mirzacho‘l mahallasining Nihol va O‘zbekiston ko‘chalari hozirda asfaltobeton qoplamasi yotqizish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli dasturlar asosida olib borilmoqda.





