Yoshlarga oid ma’lumotlarni raqamlashtirib, ijtimoiy ahvoli bo‘yicha yagona elektron bazani shakllantirish
2025-09-12 20:38:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan isloh qilish hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan farmoni qabul (PF-163-son, 10.09.2025-yil) qilindi.
Farmonga muvofiq, quyidagilar yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
Yoshlar muammolarini individual yondashuv asosida hal etib, yetakchilar faoliyatini samarali qilish;
Kasbiy qiziqishlarni erta aniqlab, yoshlarni mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlash;
Mafkuraviy immunitetni kuchaytirib, salbiy g‘oyalarga mahalla darajasida qarshi kurashish;
Mirzaobod tumani mahalla yettiligiga 163-son farmon mazmun mohiyati yetkazildi.
Ushbu seminarda Mirzaobod tuman mahalla yettilik rahbarlari mahalla yettilik azolari mahalla yettilik viloyat rahbarlari ishtirok etishdi.









