FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANMOQDA
2026-10-24 11:50:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyat mudiri A. Hamrayev, Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xolida Hamroyeva, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i Arabboy Xosiyatov hamda tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilmoqda.
Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida va samarali hal etish, aholining ijtimoiy muammolariga yechim topish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Fuqarolar murojaati — doimiy e’tiborda!

