Fuqarolar qabuli o'tkazildi
2026-10-10 10:55:00 / Yangiliklar

Mirishkor tumani hokimi birinchi o'rinbosari Anvar Sariqov tomonidan har shanba an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, soliq, bandlik, yer va uy-joy masalalari hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi va qator murojaatlar joyida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.


