Sayyor qabul
2026-10-07 10:30:00 / Yangiliklar
📢 SAYYOR QABUL
Hurmatli Mirishkor tumani aholisi!
O‘zbekiston mahallasidagi mahalla binosida Mirishkor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Xaydarov tomonidan fuqarolarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkaziladi.
🗓 Sana: ertaga, 8-oktabr kuni
⏰ Vaqti: 10:00 dan 12:00 gacha
📍 Manzil: O‘zbekiston mahallasi, mahalla binosi
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Murojaat qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
