Hokim o'rinbosarining shaxsiy qabuli
2026-08-11 09:30:00 / Yangiliklar

Mirishkor tumani Prezident Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi. Qabulni tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Xolida Hamroyeva olib bordi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, oilaviy masalalar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.


