Mirishkorda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-08-08 12:10:00 / Yangiliklar

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov, tuman prokurori Sardor Nazarov va IIB boshlig‘i G’ayrat Xaydarovlar tomonidan har shanba an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, yer va uy-joy masalalari hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.
Mutasaddi rahbarlar har bir murojaatni atroflicha o‘rganishdi.
Qabul davomida jami 34 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 12 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 7 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini tinglash va muammolariga yechim topish maqsadida o‘tkazilayotgan bunday qabullar aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


