Munosabat
2026-05-01 13:00:00 / Rasmiy munosabat
“Mirishkor mash’ali” gazetasida chiqindixonalar bilan bog‘liq mavjud muammolar va ularning aholi salomatligi hamda atrof-muhitga salbiy ta’siri tanqidiy ruhda yoritilgan maqola e’lon qilindi.
Mazkur maqolada ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ayni damda tuman hokimining mas’ul o‘rinbosari boshchiligida tegishli mutasaddilar tomonidan holat atroflicha o‘rganilmoqda, muammolarning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘rganish yakunlari asosida aniq xulosa va amaliy chora-tadbirlar bo‘yicha qo‘shimcha axborot jamoatchilikka taqdim etiladi.
