“Har payshanba – Yoshlar kuni”
2026-04-23 10:30:00 / Yangiliklar

“Har payshanba – Yoshlar kuni” tashabbusi doirasida Mirishkor tumanida yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqotlar yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, samimiy va ochiq muhitda o‘tkazilib, yoshlarning faolligi bilan ajralib turdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Fayzullo G’ulomov, tuman prokurori Sardor Nazarov, IIB boshlig‘i G‘ayrat Xaydarov, Yoshlar ishlari boshqarmasi, banklar va tashkilot vakillari ishtirok etib, yoshlar bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy suhbat olib bordi. Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb masalalar — sifatli ta’lim olish, munosib ish bilan ta’minlanish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib, ularga batafsil tushuntirishlar, amaliy tavsiyalar hamda zarur yo‘naltirishlar berildi.








