Mirishkor tumani qishloq xo‘jaligida muhim bosqich — paxta ekish mavsumi boshlandi
2026-04-17 14:30:00 / Yangiliklar

Tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov boshchiligida, soha mutaxassislari hamda Xitoy korxonasi vakillari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda dastlab ezgu niyatlar bilan jonliq so‘yilib, yangi mavsum barakali va serhosil bo‘lishi tilab Qur’on tilovat qilindi.
Shundan so‘ng, zamonaviy agrotexnik yondashuvlar asosida ishlar boshlab yuborildi. Xususan, “Shinjon” tajribasi asosida 76x10 santimetrli qo‘shqator sxema bo‘yicha, plyonka ostida chigit ekish jarayonlariga rasman start berildi. Ushbu usul hosildorlikni oshirish, suv va resurslardan samarali foydalanish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Ma’lumot o‘rnida, “Qashqadaryo World Cotton” xorijiy korxonasi tomonidan “Amir Temur” hududida jami 1,5 ming gektar maydonda paxta yetishtirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu hududda qishloq xo‘jaligi salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.



