Yoshlar bilan ochiq muloqot: imkoniyatlar, muammolar va takliflar markazda
2026-03-12 10:10:00 / Yangiliklar

“Har payshanba – Yoshlar kuni” tashabbusi doirasida Mirishkor tumani IIB boshlig’i G’ayrat Xaydarov ishtirokida “Chamanzor” mahallasida mazmunli va ochiq muloqot ruhida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning dastlabki qismida yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, Prezidentimiz tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, oliy ta’limga kirish, kasb-hunar o‘rganish hamda bandlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarning bilimli, tashabbuskor va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishida bu imkoniyatlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Bildirilgan taklif va muammolarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi qayd etildi.


