Hokim fermerlar va xorijiy investorlar uchrashuvi
2026-04-20 10:30:00 / Yangiliklar

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov “Do‘stlik” hududida bo’lib‘lib, u yerda faoliyat yuritayotgan mahalliy fermerlar bilan yaqindan muloqot qildi. Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, hokim “Qashqadaryo Jingu” xorijiy korxonasi vakillari bilan ham uchrashib, investitsion loyihalar, yangi ish o‘rinlari yaratish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha fikr almashdi. Suhbat jarayonida hudud iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
