Mirishkor tumanida pillachilikni rivojlantirishga e’tibor kuchaymoqda
2026-04-15 11:25:00 / Yangiliklar

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov hamda tuman prokurori Sardor Nazarov “Avtonomov” hududida pilla qurtini parvarishlayotgan pillakorlar bilan uchrashib, ularning mehnat jarayoni, yaratilgan sharoitlar va erishilayotgan natijalar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida mutasaddilar sohaga oid mavjud muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi hamda pillachilikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, joriy mavsumda tuman pillakorlari tomonidan 1517 quti ipak qurti urug‘lari parvarish qilinib, yuqori hosildorlikka erishish orqali jami 91 tonna “kumush tola” yetishtirish ko‘zda tutilgani ta’kidlandi. Bu ko‘rsatkich nafaqat tumanning iqtisodiy salohiyatini oshirishga, balki aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini ko‘paytirishga ham xizmat qilishi kutilmoqda.
