Munosabat
2026-03-20 10:30:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat
Mirishkor tumani “Bo‘ston” mahallasining chekka hududida avval maishiy chiqindilarni yig‘ish poligoni faoliyat yuritgan.
Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishidan oldin, Qashqadaryo viloyati hokimining ushbu hududga tashrifi davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar, aholi bilan o'tkazilgan muloqot natijasida mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilgan.
Berilgan topshiriqlarga muvofiq, aholiga noqulaylik tug'dirgan mazkur chiqindi poligoni boshqa hududga ko‘chirilgan.
