Rahbarlar hududlardagi ishlar bilan tanishishdi
2026-02-08 10:20:00 / Yangiliklar

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov tuman prokurori Sardor Nazarov hamda Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Xaydarov bilan birgalikda “Jeynov” va “Sulaymon Murodov” hududlarida bo‘lib, olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida rahbarlar fermer xo’jaliklari dala chetlarini mevali ko‘chatlar ekishga tayyorlash jarayonlari, ko‘chat ekish ishlari, sug‘orish ariqlarini tozalash hamda daraxtlarni oqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi. Shuningdek, mazkur ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish, ko‘chatlarning parvarishini kuchaytirish, g‘alla maydonlarini belgilangan me’yorlarda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, paxta mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Hududda ekologik muhitni yaxshilash, yer resurslaridan samarali foydalanish va yashil makonlarni kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.


