Hokim fermerlar bilan uchrashdi
2026-02-06 10:30:00 / Yangiliklar

Mirishkor tumani hokimi Fayzullo G‘ulomov “Sulaymon Murodov” hududida fermer xo‘jaliklari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot jarayonida qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, yer va suv resurslaridan oqilona hamda tejamkor foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, mahalliy o‘g‘itlarni tayyorlash va ularni ilmiy asosda qo‘llash, sharbat usulida sug‘orish, dala chetlaridan unumli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, g‘alla maydonlarini belgilangan me’yorlarda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, paxta mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda zararkunandalarga qarshi o‘z vaqtida va samarali kurash olib borish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tuman rahbari fermerlarning taklif va mulohazalarini tinglab, mavjud muammolarni joyida hal etish, hosildorlikni oshirish va qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.


