Mirishkorda muammolarga yechim izlandi: navbatdagi ommaviy qabul bo‘lib o‘tdi
2026-02-02 13:55:00 / Yangiliklar

Bugun Mirishkor tumanida hokim Fayzullo G‘ulomov tomonidan navbatdagi ommaviy xalq qabuli o‘tkazildi.
Uchrashuvda tashkilot rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari ishtirok etib, har bir murojaat atroflicha o‘rganildi.
Qabul davomida aksariyat muammolarga joyida yechim topildi. Murakkab va vaqt talab qiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ijrosi belgilangan muddatlarda ta’minlanishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

