Mirishkor tumanining 2025-yilgi rivojlanish ko‘rsatkichlari va yutuqlari
2025-12-31 19:55:00 / Yangiliklar
Mirishkor tumanida tuman hokimi Fayzullo G‘ulomov rahbarligida Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash, amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil hayotga tatbiq etish, barcha soha va tarmoqlarni barqaror rivojlantirish, aholi bandligini oshirish hamda fuqarolarning turmush darajasi va hayot sifatini yanada yaxshilash borasida tizimli va manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Quyida yakunlanib borayotgan 2025 yilda ushbu yo‘nalishlarda erishilgan asosiy natijalar e’tiboringizga havola etiladi.
Joriy yilda tumanda 41 690 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
2025 yil davomida 1 258 ta oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 1 753 ta oila, 6 700 nafar aholi kambag‘allikdan chiqarildi va belgilangan vazifa ortig‘i bilan bajarildi.
Joriy yil 19-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi, shuningdek, kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig'ilishida, Mirishkor tumanida kambag‘al oilalar soni 4,5 barobargacha kamaygani qayd etildi.
Kambag‘allik darajasi yil boshida 8,3 foizdan yil yakuniga qadar 2,6 foizga tushishiga erishildi.
Hisobot davrida tumanda 1,2 trillion so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
2025 yilning uchinchi choragida:
- ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1,3 trillion so‘m,
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 trln 165 mlrd so‘m,
- qurilish ishlari hajmi 143,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Energetika va infratuzilma
Joriy yil davomida:
- 76 km elektr uzatish havo tarmoqlari mukammal,
- 18 km tarmoqlar joriy ta’mirdan chiqarildi.
Shuningdek:
- 31 ta transformator punkti mukammal,
- 10 tasi joriy ta’mirlandi,
- 743 dona eskirgan yog‘och ustunlar beton ustunlarga almashtirildi,
- 8 dona turli quvvatdagi yangi transformatorlar o‘rnatildi,
- 24 km yangi elektr uzatish tarmoqlari qurildi.
Ichimlik suvi ta’minoti
Joriy yil davomida 2,0 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan:
- 1,7 km ichimlik suvi tarmoqlari,
- 1 ta suv saqlash inshooti qurildi.
Natijada tumanda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi yil boshidagi 58 foizdan 63 foizga yetkazildi.
Yo‘l va transport infratuzilmasi
2024–2025 yillar davomida:
- 80 km avtomobil yo‘llari ta’mirlandi,
- 2 ta ko‘prik qayta qurildi,
- ushbu ishlar uchun 53 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi.
2025 yilda:
- 24 ta mahallada 20 km tuproq yo‘llar shag‘allashtirildi,
- 33 km ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizildi.
Uy-joy va ijtimoiy soha
2025 yilda tumanda:
- 25 xonadonga mo‘ljallangan 1 ta 5 qavatli turar joy foydalanishga topshirildi;
- 3 ta maktab, 3 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti va 1 ta sog‘liqni saqlash muassasasi mukammal ta’mirlandi.
Yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 318 nafar yoshdan 226 nafariga jami 354,6 mln so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
Tumandagi 54 nafar yoshlarning loyihalari uchun “Aloqa bank” tomonidan 4,7 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan 3 972 nafar xotin-qizga joriy yilda 828,4 mln so‘mlik yordamlar ko‘rsatildi.
Investitsiya va tashqi savdo
- 52,4 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan,
- amalda 76 mln dollar investitsiya jalb etilib, reja 160 foizga bajarildi.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 195 foiz o‘sishni tashkil etdi.
Eksport hajmi bo‘yicha:
- reja 12,7 mln dollar,
- amalda 16,2 mln dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.
Bandlik va tadbirkorlik
Hududiy investitsiya dasturlari doirasida 87,3 mlrd so‘mlik 25 ta loyiha ishga tushirilib, 717 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
“Uychi tajribasi” asosida banklarning 540 nafar faol mijozlarining muammolari hal etilib, 3 582 nafar aholi doimiy ish bilan ta’minlandi.
“Sayxunobod tajribasi” doirasida 1 600 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 3 200 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
“Zarbdor tajribasi” asosida 4 ta “drayver” loyiha uchun 4,7 mlrd so‘m budjet mablag‘i ajratilib, 333 nafar aholi ish bilan ta’minlandi.
Byudjet tushumlari
2025 yil yanvar–sentabr oylarida:
- byudjet tushumlari prognozi 21,1 mlrd so‘m,
- amalda 23,8 mlrd so‘mni tashkil etib, reja 113 foizga bajarildi.
Shuningdek, mahalliy byudjetga 4,8 mlrd so‘m qo‘shimcha mablag‘ undirilishi ta’minlandi.
Qishloq xo‘jaligi
Joriy yil davomida:
- 11,9 ming tonna kartoshka,
- 2,9 ming tonna uzum,
- 25,6 ming tonna sabzavot,
- 12,9 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirildi.
2025 yilda:
- 65 296 tonna g‘alla (101 foiz),
- 83 281 tonna paxta (104,9 foiz),
- 87,1 tonna pilla xomashyosi (106,8 foiz) yetishtirildi.
Fermerlar tomonidan:
- 25 dona zamonaviy paxta terish mashinasi,
- 5 ta lazerli tekislash uskunasi xarid qilindi.
Shuningdek:
- 13,1 km kollektor-drenaj tarmoqlari rekonstruksiya qilindi,
- 170 km sug‘orish ariqlari betonlashtirildi.
Suvni tejovchi texnologiyalar joriy etilib:
- 6 000 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish,
- 500 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari yo‘lga qo‘yildi.
Chorvachilik
2025 yil yakunlariga ko‘ra:
- 103,2 ming bosh yirik shoxli qoramol (o‘sish – 101,3 foiz),
- 446,9 ming bosh qo‘y va echki (100,4 foiz),
- 455,7 ming bosh parrandalar (101,4 foiz) mavjud bo‘lib, barqaror o‘sish ta’minlandi.
