Mirishkor tumani prokurori Sardor Nazarovning tuman aholisiga murojaati
2025-12-09 21:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum, qadrli mirishkorliklar!
Yurtimizda huquqbuzarliklarning oldini olish vajinoyatchilikka qarshi kurashish borasida keng ko‘lamli vatizimli islohotlar izchil davom etmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari bilan mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, huquq-tartibot organlari faoliyatini zamonaviy bosqichga ko‘tarish bo‘yicha qator dolzarbvazifalar belgilab berilib, buning samarasi har bir hududda, jumladan, Mirishkor tumanida ham sezilmoqda.
Aziz tumandoshlar!
Afsuski, so‘nggi vaqtlarda firibgarlikning zamonaviyko‘rinishlari xususan plastik kartalardan noqonuniy pulyechish ko‘payib bormoqda. Jumladan, “sovrin yutdingiz”, “onlayn do‘konlarda chegirma”, “nafaqa tarqatilmoqda”, “bu rasmdagi sizmi?”, “MIBdan qarzdorlik” kabi yolg‘onxabarlar orqali odamlarni chalg‘itish holatlari hamon uchramoqda. Ushbu harakatlarning asosiy maqsadi — Sizni aldash va mol-mulkingizga zarar yetkazishdir.
Shu bois Sizlarga quyidagi muhim profilaktik tavsiyalarni yana bir bor eslatib o‘tmoqchimiz:
Mobil ilovalarni faqat ishonchli va rasmiy manbalardan — Google Play yoki App Store’dan yuklab oling.
“SudQarori.apk”, “MIBdan qarzdorlik.apk” kabi tanishbo‘lmagan fayllar va gumonli xabarni ochishdan saqlaning.
Shuningdek, xonadoningizdagi mol-mulk, ayniqsa chorvamollaringiz xavfsizligini ta’minlashda beparvo bo‘lmang. Zarur bo‘lsa qo‘shimcha kuzatuv vositalari, yoritish tizimlari va qulf-taqdim vositalaridan foydalaning.
Hurmatli yurtdoshlar!
Jinoyatchilikka qarshi kurashish — bu nafaqat huquqnimuhofaza qiluvchi organlarning vazifasi, balki har birimizning fuqarolik mas’uliyatimizdir. Ogohlik, hushyorlik va o‘zaro hamkorlik jinoyatga qarshi engishonchli choradir.
Shuni yodda tuting: Jinoyatga jazo muqarrar. Bugungiogohlik —xavfsizligimiz, farovonligimiz vaosoyishtaligimizdir!
Hurmat bilan,
Sardor Nazarov
Mirishkor tumani prokurori
