Munosabat
2025-12-04 11:40:00 / Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi–Jeynov yo‘lining Mirishkor qishlog‘idan o‘tuvchi qismida ayrim fuqarolar tomonidan yo‘l chetini o‘zboshimchalik bilan qazib, sun’iy karrer sifatida foydalanib kelinayotgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligining Mirishkor tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan uch nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda sud orqali ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanildi.
Kadastr agentligi qonunbuzarliklarning oldini olish, yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi nazorat tadbirlarini davom ettiradi.
