Mirishkorda muammolarga yechim izlandi: navbatdagi ommaviy qabul bo‘lib o‘tdi
2025-11-22 09:05:00 / Yangiliklar

Bugun Mirishkor tumanida hokim Fayzullo G‘ulomov tomonidan navbatdagi ommaviy xalq qabuli o‘tkazildi. Har haftaning shanba kuni an’anaviy tarzda tashkil etiladigan ushbu ochiq muloqotlarda turli muammolar bilan murojaat qilgan fuqarolar o‘z dardlariga yechim topmoqda.
Uchrashuvda tashkilot rahbarlari, xalq qabulxonasi vakillari, tuman hokimining o‘rinbosarlari ishtirok etib, har bir murojaat atroflicha o‘rganildi.
Qabul davomida ijtimoiy soha, kommunal xizmat, yer ajratish, bandlik va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglanib, ularning aksariyatiga joyida yechim topildi. Murakkab va vaqt talab qiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ijrosi belgilangan muddatlarda ta’minlanishi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, ularning ishonchi va minnatdorchiligi qayd etildi.


