Temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida
2025-03-26 15:00:00 / Yangiliklar

Tadbir Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalida boshlanib, unda avvalgi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari, Idoralararo komissiyasi raisi o‘rinbosari A.Kamildjanov va Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Abduraxmanovlar boshchiligida temir yo‘l diagnostika laboratoriyasi va kontakt tarmog‘ini o‘lchash vagonlari bilan harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklarni nazorat qilib chiqdilar.
Temir yo‘l kesishmalari va temir yo‘l yon atroflari ko‘zdan kechirildi. Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi holati tahlil qilindi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari bo‘yicha Toshkent, Buxoro, Qarshi MTU filiallari rahbariyati, tegishli xo‘jaliklar va mahalliy hokimiyat vakillariga tavsiyalar berildi.