Transport vaziri Qirg‘iziston elchisi bilan uchrashdi
2025-02-25 16:30:00 / Yangiliklar
Transport vaziri Ilhom Maxkamov Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Duyshonkul Chotonov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil hamda temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikning joriy holati muhokama etildi.
Xususan, tomonlar Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasi hamda mazkur yo‘l qurib bitkazilgunga qadar, Qashg‘ar – Irkeshtom – O‘sh multimodal yo‘lagi orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.