Ijro intizomi samaradorlik omili
2025-01-30 12:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida Transport vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash hamda ijro intizomini mustahkamlash va xodimlarning ijro mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligi mas’ul xodimlari rahbarligida Transport vazirligi markaziy apparati xodimlari va tizim tashkilotlari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
O‘quv-seminari davomida 2024-yilda ijro.gov.uz tizimidagi nazorat topshiriqlari ijrosi samaradorligi yakunlari to‘g‘risida, normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish, hujjatlar bilan ishlash tartibi, ijro nazoratini tashkil etish, ijro intizomining monitoringini olib borish, shuningdek, elektron hujjatlar va ularning aylanish tizimi bilan ishlash yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Muhokama so‘ngida qatnashchilar mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.