Transport vaziri Mongoliyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
2024-12-12 22:50:00 / Yangiliklar
Uchrashuv davomida tomonlar transport va logistika sohasidagi istiqbolli loyihalar, ushbu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashdilar.
Xususan, Toshkent – Ulan-Bator yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, avtomobil tashuvlarini yangi transport yo‘laklarini shakllantirish hamda tashuvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish orqali rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Uchrashuv davomida hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda aniq choralarni ko‘rish yuzasidan amaliy sa’y-harakatlar belgilab olindi.
Jumladan, tomonlar 2025-yilning yanvar oyida Avtomobil tashuvlari bo‘yicha aralash komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishga va Mo‘g‘ulistondan Toshkentga yangi "Janubiy yo‘nalish" orqali tajriba-sinov avtokarvonini tashkil etish masalasini muhokama qilishga kelishib oldilar.