Urganchga olib kelingan 50 ta zamonaviy avtobuslar taqdimoti bo'lib o'tdi
2024-11-18 20:55:00 / Yangiliklar
Transport vazirining birinchi oʻrinbosari Mamanbiy Omarov, viloyat hokimi Joʻrabek Raximov hamda jamoatchilik faollari ishtirokida bo'lib o'tgan tadbirda viloyatda aholiga transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Joriy yil oxirigacha ushbu rusumdagi avtobuslardan yana 30 tasi keltiriladi. Natijada shaharda 16 ta yoʻnalishda 148 ta avtobus harakatlanib, har kuni 136 ming nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.
Muhimi, shaharda yoʻlovchi tashish hajmi ikki barobardan ziyod ortadi va qatnovlarning oraliq intervali 18 daqiqadan 10 daqiqaga qisqaradi.
Yangi xarid qilingan zamonaviy avtobuslar Urganch shahar ichidagi 4 ta avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnomasi asosida xizmat ko‘rsatadi.