AHOLI FAROVONLIGI YO‘LIDA: HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA!
2026-10-21 09:35:00 / Yangiliklar

Aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganib, ijobiy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Mingbuloq tumani, Mulkobod MFY, Mingtol massivida aholi vakillarining taklif va murojaatlari asosida, grafik asosida suv oladigan xonadonlarni 24 soat davomida ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 25 kub metr hajmli suv minorasi o‘rnatilmoqda.
Ushbu ishlar yakuniga yetgach, 1 000 dan ortiq xonadon uzluksiz, 24 soat davomida ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolarning farovon turmush tarzini ta’minlash “Namangan suv ta’minoti” AJ faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir.
