Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimi o‘rinbosarlari boshchiligida migratsiyada istiqomat qilayotgan yoshlarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolariga amaliy yechim topish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida yoshlarni
2026-08-14 09:05:00 / Yangiliklar

Bugun, 14 avgust kuni Mingbuloq tumanida aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, kuzgi ekinlarni ekish hamda chorva mollarini boqish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda viloyat qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Nurshod Xudoyberdiyev, tuman hokimining birinchi o'rinbosari Azizbek Abdusalomov, mahalla faollari, fermerlar hamda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari ishtirok etdi.
Unda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, kuzgi mavsumda piyoz, sarimsoqpiyoz va boshqa ekinlarni ekish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, chorva mollarini parvarishlash, veterinariya xizmatlarini yaxshilash va mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
