Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-08-13 10:30:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimi o‘rinbosarlari boshchiligida migratsiyada istiqomat qilayotgan yoshlarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolariga amaliy yechim topish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida yoshlarning onlayn va oflayn shakldagi murojaatlari qabul qilinib, ularning bandlik, ishga joylashish, ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa masalalardagi murojaat va takliflari tinglandi.
Murojaatlar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, har bir murojaatni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yordam ko‘rsatish vazifalari belgilandi.
